HKQQ bo’linmalari shaxsiy tarkibining professional mahoratlarini mustahkamlash yo’lida.

Добавил:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan ob’ektlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarga shaxsiy tarkib tayyorgarligini doimo shay holatda bo’lishligida, komandirlar tarkibining o’rni katta ahamiyatga ega.
Bunga misol, kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida o’tkazilgan taktik-texnik tayyorgarlik amaliy mashg’ulot jarayonidan guvohi bo’lishimiz mumkin.
Bo’limma shaxsiy tarkibini avariyaviy vaziyatga yaqinlashtirgan holda o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, maxsus kon-qutqaruv asbob-anjomlarni tayyorlash, sozlash va unga ulangan holatda kon-qutqaruv ishlarini olib borishi va jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordamni ko’rsatish mahoratlari baholanib borildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий