Respublikamizda, “Navro‘z” bayrami arafasida 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, HKQQismi bo‘linmalarida xam ma’muriy binolar va yon-atroflar chiqindilardan tozalandi hamda daraxtlarga shakl berish, oqlash shuningdek, bo‘linmalar joylashgan hududlardagi ko‘chalar, mahallalar, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
Tashkillashtirilgan ishlar doirasida HKQOtryad shaxsiy tarkibi Angren shahar «Yoshlar bog‘i «da o‘tkazilgan «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navruz!» nomli ommaviy shahar tadbirlarida ishtirok etildi.
Joriy yil 14 martda, “O’zbekko’mir” AJ “Temir yo’l transporti” filialida, Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ishchi xodimlarni va ob’ekt hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish va avariyaviy vaziyatlarda kon-qutqaruv bo’linmasi bilan hamkorlikdagi yong’in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda qutqaruv tuzilmalarining birgalikda taktik harakatlarini muvofiqlashtirish, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong’inni bartaraf etish, ishchi-xizmatchilarni xavfsiz joyga evakuatsiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi.
Joriy yil 13 martda, “DKZ” AJga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi oylik amaliy va nazariy mashg’ulotlarni o’tkazish jadvaliga muvofiq, zaxiradagi bo’limmaning taktik-texnik va tezkor tibbiy tayyorgarligini muvofiqlashtirishga qaratilgan amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Kon qutqaruvchilarning har qanday murakkab sharoitlarga moslashuvchanligini oshirish, ular tomonidan bajarilayotgan taktik harakatlarning uyg’unligini ta’minlashga qaratilgan ushbu mashqlarda, avariya oqibatida qolgan odamlarni qutqarish, yuzaga kelgan yong’in va ularning oqibatlarini bartaraf etish mahorati sinovdan o’tkazildi.
2024 yil 5 martda “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Qora-Qo’ton” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qora-qo’ton” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, xizmat ko’rsatiluvchi konda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar va uning oqibatida yuz beradigan baxtsiz xodisalarni tezkorlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va er yuzasiga evakuasiya qilish bo’yicha bo’limma shayligini ko’zdan kechirish maqsadida taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
2024 yil 4 martda “DKZ” Aj kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi bilan jismoniy va saf tayyorgarligi amaliy mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulotda bo’linma komandir yordamchilari ishtirok etib, kon qutqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda harbiy tartib intizomga rioya etilishi, saf usullarini aniqlik va ko’rsatmalarga muvofiq bajarilishi, shuningdek jismoniy mashqlarni bajarish chog’ida xavfsizlik choralarini ko’rishi va tehnik jihatlari to’g’risida ko’rsatmalar berildi.
SOG’ TANDA – SOG’LOM AQL.
Добавил:
Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi va sportga bo’lgan qiziqishini yanada orttirish hamda jismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlarida tananing funksional imkoniyatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar intensivligini oshirish maqsadida, kuni kecha “Olmaliq KMK” AJga qarashli “CHodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi ishtirokida jismoniy tayyorgarlik mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot davomida komandir yordamchisi tomonidan atletik va ko’p funksiyali trenajerlardan samarali va xavfsiz foydalanish, ishlash qoidasi va tananing qaysi qismiga yuklama tushishi to’g’risida ...
Фев
2024
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalarining 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxona va inshootlar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, joriy yilning 26 fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ qarashli “Xondiza” konida navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Kon muhandis-tehnik va tibbiyot xodimlari hamda ushbu konda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” HKQVzvodi ishtirokida, konda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni oldini olish va bartaraf etishda kon ishchi xodimlar, kon qutqaruvchilar va tez tibbiy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda harakatlanish taktikasini muvofiqlashtirishga qaratilgan ...
Фев
2024
Joriy yil 26 fevralda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi komandirlar tarkibining bevosita ishtirokida, bo’limma shaxsiy tarkib taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlarini tezkorlik va aniqlik bilan belgilangan meʻyoriy vaqtlarda bajarilishi hamda murakkab tor lahimlardan o‘tish harakarlarini yanada yashshilashga qaratilgan amaliy o’quv mashqlar o’tkazildi.
Bundan tashqari shaxsiy tarkibni issiqlikka chidamlilik va jismoniy ishchanligini oshirish maqsadida havo harorati yuqori va namlik darajasi oshirilgan maxsus jihozlangan issiqlik kamerasida mashqlar olib borildi.
Joriy yil 22 fevralda, “DKZ” AJga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi rahbarligida, zahira bo‘limmaning taktik-texnik tayyorgarligi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashqlarda sinash maqsadida taktik-tehnik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Amaliy o’quv mashg’ulotda, bo’limma shaxsiy tarkibining kon-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va biriktirilgan maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlarni gazli muhitga tayyorlash ko‘rigi o‘tkazilib, avariya sodir bo’lgan hududda qolgan jabrlanganlarni izlab topish va ularga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish bo’yicha kompleks mashqlar bajarildi.
Joriy yil 21 fevral kuni, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi er osti konlari va ochiq usulda qazib olish kar’erlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi bilan o‘tkaziladigan nazariy va amakiy o‘quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, gaz-tahlil laboratoriya mudiri rahbarligida er osti kon lahimlarida vujudga keladigan xavfli gazlarning fizik va kimyoviy hossalari to‘g’risida nazariy o’quv mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.
Tarkibida yonish va portlash hususiyatiga ega bo‘lgan elementlarni kislorod bilan birikishi va hosil bo’ladigan kimyoviy aralashmaning formulyar ko’rinishlari ko’rsatib o’tildi.