Bo’linmaning qutqaruv va kuch-vositalarining shayligi o‘rganilmoqda.

Добавил:

Xizmat ko‘rsatiluvchi korxona va tashkilotlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi avariyalar va baxtsiz xodisalarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda ishchi-xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlashda, kon qutqaruvchilarning o’z professional tayyorgarliklarini mukammallashtirib borishda o’tkazilib kelayotgan amaliy o‘quv taktik mash’ulotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi xamda “DKZ” AJ kon majmualariga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi shaxsiy tarkibini taktik tayyorgarlik bo‘yicha komleks mashqlarni me’yoriy vaqtlarda bajarilishi ...

Continue Reading →
0

Navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o‘tkazildi.

Добавил:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, bugun 20 oktyabr kuni, “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Qora-Qo’ton” NTS-1k konida, kon muhandis texnik xodimlari hamda “Qora-Qo’ton” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida, “Ishlab chiqarish ob’ektida avariya sodir bo’lganda fuqaro muhofazasi va qutqaruv tuzilmasining harakatini muvofiqlashtirish” bo’yicha maxsus taktik o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi.

Continue Reading →
0

Kon qutqaruvchilarning tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha malakasi oshirilmoqda.

Добавил:

2023 yil 17 oktyabr kuni “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, ekstremal vaziyatlarda kon qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchini evakuatsiya qilish tartibi xamda birinchi tibbiy yordam turlari va usullari to‘g‘risida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida, jabrlanuvchini avariya sodir bo‘lgan joydan to yer ustiga evakuatsiya qilish mobaynida ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tartibi, shikastlanishlarda tibbiy yordam ko‘rsatish usullari va qo‘llaniladigan asbob-anjomlar xamda evakuatsiya qilish tartibi bo‘yicha mashg‘ulot rahbarining ko‘rsatmalari bevosita shaxsiy ...

Continue Reading →
0

Hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Добавил:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo‘linmalarining 2023-yilda xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlar jadvaliga muvofiq, 13 oktyabr kuni “Dehqonobod” HKQVzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi “DKZ” AJ kon majmuasida, 14 oktyabr kuni 8-AHKQVzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi”ga qarashli “Zarmitan” konlarida navbatdagi hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Kon muhandis-texnik xodimlarining bevosita ishtirokida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda, konda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar yoki baxtsiz xodisalarni bartaraf etish choralari, usullari, jalb qilinadigan vositalar tizimi, taktik harakatlar ...

Continue Reading →
0

Gaz taxlil laboratoriya faoliyati bo’yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Добавил:

Joriy yilning 13-14 oktyabr kunlari “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “GMZ-1” kon boshqarmasiga qarashli “Qora-Qo‘ton” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qora-Qo‘ton” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi (HKQV) xamda “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Xondiza kon boshqarmasi” qarashli “Xondiza” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” HKQVzvodida, gaz-taxlil laboratoriya faoliyatida amalga oshiriladigan ishlar, shu jumladan kondagi gaz holatini nazorat qilish ishlarida kon xavosidan olingan namunadagi xavfli gazlar tarkibi va miqdorini laboratoriya sharoitida aniqlash va shu jarayonda qo‘llaniladigan asbob-anjomlar va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotni ...

Continue Reading →
0

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Добавил:

2023 yil 12 oktyabr kuni “DKZ” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, xizmat ko‘rsatiluvchi kon majmualarida sodir bo‘lgan avariya oqibatida qolgan odamlarni hayotini saqlab qolish maqsadida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va usullari haqida ko‘rgazmali amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Bo‘linma tezkor tibbiy xizmati bo‘yicha komandir yordamchisining bevosita rahbarligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotda, birlamchi tibbiy moslamalar, ko‘rgazmali plakatlar va manikendan foydalangan holda yurakni massaj qilish va sun’iy nafas berish va har-xil ko‘rinishdagi ...

Continue Reading →
0

“Guzaksoy” konida kon havosi tarkibini o’rganish ishlari o’tkazildi.

Добавил:

2023 yil 11 oktyabrda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Chodak kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi korxonalar bilan kelishilgan holda o’tkaziladigan jadvalga muvofiq “Guzaksoy” konida kon havosi tarkibini o’rganish ishlari o’tkazildi.
O’rganish ishlari jarayonida bo’linma namuna oluvchisi tomonida kon havosidan olingan namuna tarkibidagi gaz miqdorini aniqlash maqsadida bo’linma GTL mudiri rahbarligida, zamonaviy “Gazoxrom – xromatek — 2000” uskunasidan foydalangan holda keltirilgan namunadagi gazlar tarkibi va miqdori laboratoriya sharoitida tezkor uslubda aniqlanib, ...

Continue Reading →
0

Bo’limma saf tayyorgarligi ko’zdan kechirildi. 

Добавил:

Kuni kecha “DKZ“ AJ «Dehqonobod» TKM kon majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo‘limma shaxsiy tarkibining harbiy tartib intizom va o‘zaro o‘rtoqlik munosabatlarini mustahkamlash, komandir (boshliq) va bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi harbiycha muomala madaniyatini shakllantirishga qaratilgan saf tayyorgarligi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bo‘linma kun tartibiga muvofiq o‘tkazilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotda, bo‘limma shaxsiy tarkibining safda turish va yurish usullari, komandir (boshliq) tomonidan berilgan komandalarni aniq va tezkorlik bilan amalga oshirishi, harbiycha salomlashish tartibi hamda joyda turib burilishlarni amalga oshirish harakatlari ko‘zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi tizimida energiya tejamkorligi bo’yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Добавил:

Yurtimizda elektr energiya resurslariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotgan bugungi davrda energiya tejamkorligining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganligini va shu yo‘nalishda yaqin yillar ichida qabul qilinayotgan farmon, qaror va bir qator me’yoriy xujjatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning 1 oktyabrdan korxona va tashkilotlarda elektr energiya va gaz narxining oshirilishi munosabati bilan HKQQ bo‘linmalarda elektr energiya ta’minotidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida HKQQ shtabining tegishli buyrug‘i chiqarilgan.
Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida, HKQOtryadi komandirlar tarkibidan mas’ul shaxs tayinlanib, elektr energiya ta’minotidan ...

Continue Reading →
0

Maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlardan foydalanish bo’yicha navbatdagi o’quv mashg’uloti.

Добавил:

Joriy yilning 7 oktayabr kuni “DKZ“ AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi kun tartibiga muvofiq, shaxsiy tarkib ishtirokida, kon qutqaruv asbob-anjomlarini sozlash, tekshirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xamda foydalanishda havfsizlik texnikasiga rioya etish mavzusida o’tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida nafas olish aʼzolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30, R-34) respiratorni germetikligi va texnik sozligini tekshirishga moʻljallangan universal tekshiruv qurilmasi (UKP-5)dan foydalanish, uning texnik xususiyatlari, tuzilishi, tekshirishlar olib borish tartibi to’g’risidagi mashg’ulot rahbarining kerakli ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0
Page 8 из 42 «...678910...»