Kon qutqaruvchilarning birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha bilimi mustahkamlandi.

Posted by:

Harbiylashtrilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) bo’linmalari shaxsiy tarkibining kon-qutqaruv ishlariga doimo shay turishiga xizmat qiluvchi taktik-texnik va maxsus tayyorgarligi, malakaviy o’quv mashg’ulotlariga alohida e’tibor qaratilib kelinadi.
Hozirgi kunda xavfli ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlari yanada oshib borayotgani kon ishchi hodimlarning ish jarayonida jarohatlanish va shikastlanishlar kelib chiqishi ham tobora ortib boradi.
Shu jihatdan sodir bo’lgan avariya yoki baxtsiz hodisa oqibatida qolgan odamlarga malakali birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish, tibbiy vositalardan samarali foydalangan holda hoyotini saqlab qolish choralarini ko’rish muhim sanaladi.

Continue Reading →
0

Xamkorlikda o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti.

Posted by:

 Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalarining 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, “DKZ” AJ  kon majmuasida navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
    Qutqaruv kuch tuzilmalar (tuman FVB,YO’O’B,TB,TKM) hodimlari hamda “DKZ” AJ  kon majmuasida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida, konda shartli ravishda o’pirilish sodir bo‘lganda qutqaruv kuch tuzilmalarning avariyalarni bartaraf etish rejasiga ko’ra taktik harakatlarini muvofiqlashtirish ishlari olib borildi.

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalarida monitoring ishlari va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasi davom etmoqda.

Posted by:

Navbatdagi o‘rganish ishlari, HKQQ Shtabining 2024-yilda HKQQ bo‘linmalari tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasidan o‘tkazish jadvaliga muvofiq, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadida bo’lib o’tmoqda.
 Ayni damda o'tkazilayotgan monitoring va attestatsiyasi jarayonida, kon-qutqaruv asbob-anjomlar va qurilmalarning texnik sozligi, bo’limma taktik tayyorgarligi bo‘yicha kon qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va uni olib borishi, avtotexnikalarni kon-qutqaruv ishlariga shayligi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish va evakuatsiya qilish mahorati hamda komandirlar va shaxsiy ...
Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyatidan!

Posted by:

“DKZ “ AJ, TKM kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi gaz-tahlil laboratoriya (GTL) mudiri hamda zahira bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida, er osti kon lahimlarini shamollatish (havo etkazib berish va chiqarish)ga mo’ljallangan yangi o’rnatilgan DTF-25 qurilmasini ishlash holatida havo tezligi va oqimini aniqlash ishlari olib borildi.
O’rganish ishlari jarayonida, anemometr (APR-2m) qurilmasidan foydalanish boyicha shaxsiy tarkibni nazariy mashqlarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida, GTL mudiri rahbarligida kon lahimidan turib amaliyot mashqi o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Xamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o’tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, “Olmaliq KMK” AJ qarashli “Chodak kon boshqarmasi”ning “Pirmirob” konida navbatdagi maxsus-taktik mashg’uloti o’tkazildi.
Kon muhandis-texnik xodimlar va 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tkazilgan navbatdagi maxsus-taktik mashg’ulotda, avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq shartli ravishda konda o’pirilish sodir bo‘lgan vaziyatda navbatchi va zahira bo’limmalarining taktik harakatlarini muvofiqlashtirish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va er yuzasiga evakuasiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Continue Reading →
0

Er osti kon xavosi doimo nazoratda!

Posted by:

Barchaga ma’lumki, er osti kon havosi tarkibini zararlantiruvchi omillardan bo’lgan ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan ishlangan gaz aralashmalari, barcha kon lahimlariga tarqalib xavfli muhitni yuzaga keltiradi.
Shu munosabat bilan, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi kon qutqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi korxona bilan tuzilgan jadvalga muvofiq, o’ziyurar transport ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan ishlangan gazlardan namunalar olinmoqda.

Continue Reading →
0

bo‘limma shaxsiy tarkibining issiqlikka chidamlilik mashqlari o’tkazildi.

Posted by:

“Navoiy KMK” AJ “Qizilqum kon boshqarmasi”ga qarashli “Qoraqo’ton” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qoraqo’ton” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq, joriy yilning 1 aprel kuni, vzvod komandirlar tarkibi rahbarligida shaxsiy tarkibni issiqlikka chidamliligini saqlab turish maqsadida maxsus tayyorgarlik mashqlari o’tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotda, yuqori harorat va nisbiy namlik ko’rsatkichi yuqori bo’lgan issiqlik kamerasida kon qutqaruvchilar apparatga ulangan holda jismoniy mashqlar bajarishdi. Mashg’ulot rahbari tomonidan har bir kon quqaruvchining yurak urishi va tana harorati o’lchanib me’yoriy ...

Continue Reading →
0

Bo’limma shaxsiy tarkibining jismoniy tayyorgarligi ko’zdan kechirildi

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo’linmalari shaxsiy tarkibi o’rtasida jismoniy tarbiya va sport turlarini shakillantirish, jismoniy imkoniyatlari va harakat faolligini takomillashtirish orqali ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash  maqsadida, joriy yilning 1 aprel kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida, qo’lga tayangan holda turnikda tortilish va brusda ishlash bo’yicha jamoaviy mashqlar bajarildi.

Continue Reading →
0

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatida joylashgan “Pioner” konida 2024 yil 18 mart kuni o‘pirilishi sodir bo’lganligini inobatga olib HKQQ shtabining tegishli farmoniga asosan HKQQ bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan konlarda er osti o‘pirilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o’tkazildi, unda kon lahimlaridagi mustahkamlagichlar holati, zaxira chiqish yo‘llarining belgilangan talablarga muvofiqligi va boshqalar bo‘yicha o’rganish o‘tkazildi.

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo’linmalar shaxsiy tarkibining tezkor-texnik tayyorgarligi bo’yicha navbatdagi monitoring ishlari 2-AHKQVdida o’tkazilmoqda.

Posted by:

HKQQ SHtabining 2024 yilda “HKQQ bo’linmalari tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyadan o’tkazish” jadvaliga muvofiq, ayni damda “O’zbekko’mir” AJ ob’yeklarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida o’tkazilmoqda.
Rejalashtirilgan ishlarning birinchi kunida bo’linma tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish ishlariga qaratildi. Mazkur monitoring ishlarida HKQQ shtabi yordamchi o’quv bolimma muhandislari tomonidan maxsus kon-qutqaruv asbob-anjom va maxsus texnikalarni holati, texnik sozligi, tekshiruv qurilmalaridan foydalanishda kon qutqaruvchilarning bilim va mahoratlari baholab borilmoqda.

Continue Reading →
0
Page 1 of 42 12345...»