Navbatdagi hamkorlikdagi maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq ,bugun 5-may kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ qarashli togʻ-kon majmuasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boʻlimi, 42chi yongʻinga qarshi qurash boʻlimi, tuman tez tibbiy xizmati xodimlari xamda “DKZ” AJga xizmat koʻrsatuvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi shahsiy tarkibi bilan xamkorlikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Continue Reading →

0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism boʻlinmalarida 2023 yilda “Аvariyalarni bartaraf etish va odamlarni qutqarish boʻyicha tezkor-texnik tayyorgarligi monitoringi va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasi”dan oʻtkazish ishlari davom etmoqda.

Posted by:

Navbatdagi tezkor-texnik tayyorgarlik monitoringi va attestatsiyadan oʻtkazish ishlari, “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Xondiza kon boshqarmasi”da kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” HKQVzvodida boʻlib oʻtmoqda.
HKQQ shtabi tomonidan tayinlangan ishchi guruh tomonidan 1-2-may kunlari, boʻlinma komandirlar va shaxsiy tarkibning egallab turgan lavozimiga loyiqligi va qutqaruvchi degan sharafli nomga har tomonlama munosibligini himoya qilishga qaratilgan nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazilgan bo’lsa, ayni damda shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida, 100 metrga tezlikda yugurish va turnikda tortilish mashqlari baholanib borilmoqda.

Continue Reading →

0

Gaz-taxlil laboratoriya faoliyati bo’yicha o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Posted by:

“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi gaz taxlil laboratoriya (GTL) mudiri rahbarligida kon havosidan namuna olishda qoʻllaniladigan asbob-anjomlar toʻgʻrisidagi koʻrgazmali oʻquv mashgʻulot oʻtkazildi.
Boʻlimma shaxsiy tarkibi ishtirokida oʻtkazilgan ushbu oʻquv mashgʻulotida, kon havosidan namuna olish orqali kon laximlarini changlanish darajasini aniqlashga moʻljallangan avtomatik ejektor(boʻgʻ kuchi bilan ishlaydigan mexanizm)li kon aspiratori (AERA) xamda kon havosidan oʻrta hisobda namuna olish bilan undagi zararli tarkibiy qismlarni aniqlashga moslashtirilgan BRIZ-1 aspiratorining ishlatilish maqsadi, texnik tavsifi, xususiyatlari va foydalanish uslublari ...

Continue Reading →
0

Jismoniy va saf tayyorgarlik mashgʻulotlarini yanada mustaxkamlanmoqda  

Posted by:

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” kon majmualariga xizmat koʻrsatuvchi 5-AHKQVzvodida, navbatdagi jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha nazorat oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Boʻlimma shaxsiy tarkibi oʻrtasida harbiy intizomni mustahkamlash, jangovor shayligini oshirish va jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy oʻquv mashgʻulotida turnikda tortilish, qisqa masofaga tezlikda yugurish, saflanish, safdan chiqish va safga qaytish, komandir (boshliq)ga xarbiycha salom berish va boʻlimmaning safda xarakatlanish borasidagi bilim va koʻnikmalari baholanib borildi.

Continue Reading →

0

Kon qutqaruv ishlari boʻyicha bilimlarni yanada mustahkamlanmoqda.

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, kon muxandis-texnik xodimlar va shaxta dispetcherlaridan iborat bir guruh konchilar ishtirokida avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER) va kon qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va uni olib borishda HKQQ nizomiga koʻra xamkorlikdagi xarakatlarni muvofiqlashtirish bo’yicha bilimlarini oshirish maqsadida nazorat imtihoni oʻtkazildi.
Boʻlib oʻtgan imtihon jarayonida konchilarning xavfsiz mehnat faoliyatini yaratishda HKQQ nizom va meʼyoriy-texnik xujjatlar va yagona xavfsizlik qoidalariga mos ravishda ishlarni tashkil etish xamda avariyalar sodir ...

Continue Reading →
0

“Dehqonobod” HKQV Boʻlimma tezkor shaxsiy tarkibi oʻrtasida saf tayyorgarligi xamda avariyalarni bartaraf etish rejasini oʻrganish ishlari o’tkazildi.

Posted by:

2023 yil  24 aprelda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarni olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida oʻtkazildi.
Boʻlinma xizmatni oʻtash va maxsus tayyorgarlik jadvaliga muvofiq, boʻlimma shaxsiy tarkibini saf tayyorgarligi boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarini koʻzdan kechirish maqsadida, safda yurish va turish usullari, joyda harakatlanish va safdan chiqish mashqlari amaliy tarzda bajarilib, safda yurish koʻnikmalari yanada oshirildi.
Kunning ikkinchi yarmida xizmat koʻrsatiluvchi obyektning ABER chizmasini oʻrgangan holda tezkor shaxsiy tarkibning avariya turlariga qarab jihozlanish, navbatchi va zaxira boʻlimmaning ...

Continue Reading →
0

Shaxsiy tarkib saf tayyorgarligi boʻyicha koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlarda aks etmoqda.

Posted by:

Joriy yilning 19 aprelda “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8 – Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida saf tayyorgarligi boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Boʻlinma komandiri rahbarligi oʻtkazilgan ushbu oʻquv mashgʻulotda, boʻlimma shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi boʻyicha safda turish va yurish usullari, joyda turib burilishlar, harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, komandir (boshliq)ni oldiga borish va uning oldidan qaytish harakatlari uslubiy jihatdan toʻgʻri amalga oshirilishi koʻzdan kechirildi.

Continue Reading →

0

Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat!

Posted by:

Xalqimizda azal-azaldan keksalarga hurmat, eʼtibor koʻrsatish, ularni eʼzozlash, boy hayotiy tajribalarini oʻrganish, maslahat va nasihatlariga quloq tutish yuksak qadriyat sanalgan.
HKQQismida koʻp yillar mehnat qilib soha rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan, xozirda nafaqada boʻlgan xodimlar xolidan habar olish, ularning qilgan mehnatlarini eʼtirof etib ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish anaʼanaga aylangan.
Muborak Ramazon Hayti arafasida HKQQ shtabida reja-iqtisod boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan G.G. Galiyeva, xamda kadrlar va umumiy masalalar boʻyicha boshliq yordamchisi lavozimida ishlagan O.R. Zakirovalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Continue Reading →

0

Kon qutqaruvchilarning tibbiy tayyorgarlik boʻyicha bilimlari mustahkamlashlandi

Posted by:

2023 yil 19 aprelda “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmualariga xizmat koʻrsatuvchi 8-AHKQV xamda “Dehqonobod” HKQV tezkor shaxsiy tarkibi ishtirokida tibbiy tayyorgarlik yoʻnalishi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, “Ekstremal holatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish” xamda shikastlanish va jaroxatlanishlarda bogʻlamalar qoʻyish usullari mavzusida nazariy va amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tezkor tibbiy xizmati boʻyicha boʻlinma komandir yordamchilari rahbarligida oʻtkazilgan ushbu oʻquv amaliyot mashgʻulotida, avariya yoki baxtsiz xodisalar tufayli jabrlanuvchi olgan turli xildagi jaroxatlar ...

Continue Reading →
0

“Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” “Gʻujumsoy” konida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus taktik mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq joriy yilning 15-16-aprel kunlari “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” “Gʻujumsoy” konida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Kon rahbariyati va muxandis texnik xodimlar xamda 8-AHKQV shaxsiy tarkibi bilan xamkorlikda, shtrek 453-a berk kon laximida yongʻin sodir boʻlganda ushbu real vaziyatda ishtirokchilarning taktik xarakatlar olib borishi xamda yongʻin ortida qolgan kon ishchisiga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish va yer yuzasiga evakuatsiya qilish mashqlari bajarildi.

Continue Reading →

0
Page 16 of 42 «...101415161718...»