Navbatdagi hamkorlikdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, joriy yilning 26-may kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” qarashli “Ko‘chbuloq” shaxtasining “Semg‘uron” uchastkasida navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Kon majmuasi dispetcheri tomoidan, “Semg‘uron” uchastkasining 80-chi kovjoyida tog‘ jinsi o‘pirilishi oqibatida ikki nafar kon ishilari qolib ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Bo’limma shahsiy tarkibi mahsus kon qutqaruv asbob-anjomlar bilan jixozlangan holatda, avariya sodir bo‘lgan joyga o‘z vaqtida yetib kelishgan.
O‘quv mashg‘ulot jarayonida bo‘limma shaxsiy tarkibi ...

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi 8-AHKQVdida monitoring ishlari, qutqaruvchi maqomi va toifa berish bo’yicha attestatsiya o’tkazildi.

Posted by:

Navbatdagi o‘rganish ishlari HKQQ Shtabining 2023-yilda HKQQ bo‘linmalari tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasidan o‘tkazish jadvaliga muvofiq, “Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8- AHKQVda bo‘lib o‘tdi.
Besh kun (22.05-26.05) davomida bo‘lib o‘tgan monitoring va attestatsiya jarayonida bo‘linma tezkor-texnik tayyorgarligi bo‘yicha amaliy va nazariy bilimi va mahorati, gaz-taxlil laboratoriya faoliyati, avariya-qutqaruv ishlarida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish tezkorligi, maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlar va avtotexnikalarni kon qutqaruv ishlariga shayligi xamda tezkor shaxsiy ...

Continue Reading →
0

Partiya vakillari “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi. 

Posted by:

24-may kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturiga muvofiq “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodiga tashrif buyurib, bo‘linma shaxsiy tarkibi ishtirokida saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Continue Reading →

0

8-АHKQVdida kadrlar ishi va ijro intizomi bo’yicha monitoring o’tkazildi.

Posted by:

HKQQ shtabi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan, HKQQ shtabining 2023 yil 18 maydagi 46-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 22-23 may kuni 8-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish bo’yicha amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli o’rganish o’tkazildi.
O’rganish jarayonida O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldan kuchga kiritilgan Yangi Mehnat kodeksi (28.10.2022 y. 798-son O’RQ) haqida unda kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hamda Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirig’iga muvofiq, ishlar olib borilayotgani ...

Continue Reading →
0

Yer osti kon lahimida yong‘in sodir bo‘lganda bo‘limma shaxsiy tarkibi tomonidan taktik harakatlarni olib borish mahoratlarini yanada oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti

Posted by:

2023 yil 22 may kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi o‘quv mashg‘ulotlar maydonida o‘tkazildi.
Bo‘linma “Xizmatni o‘tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”ga muvofiq o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotda, xizmat qo‘rsatuvchi korxona kon majmuasining yer osti berk kon laximida yong‘in chiqqanligi va ushbu xududda kon ishchilari qolib ketganligi haqida birlamchi berilgan tezkor habarni qabul qilib olgan holda tezkor ravishda yong‘in o‘choqlarini kengayib ketmasligi oldini olish maqsadida vaqtinchalik izolyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yelkanli to‘siqni o‘rnatish, masofadan ...

Continue Reading →
0

Kon qutqaruv asbob-anjomlarni sozlash va shay holatga keltirish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshirildi.

Posted by:

Joriy yil 22 may kuni “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida bo‘linma kun tartibiga muvofiq, shaxsiy tarkibning kon qutqaruv asbob-anjomlarini sozlash, tekshirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xamda foydalanishda havfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash maqsadida ko‘rgazmali amaliy mashg‘uloti tashkillashtirildi.
Mashg‘ulot jarayonida nafas olish aʼzolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30, R-34) respiratorni germetikligi va texnik sozligini tekshirishga moʻljallangan universal tekshiruv asbobi (UKP-5)dan foydalanish, xavfli gazlar miqdorini aniqlash va taxlil qilishda qo‘llaniladigan asboblarni saqlash va tibbiy zambilning texnik nosozliklarini ...

Continue Reading →
0

Xamkorlikdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, bugun 22-may kuni “Olmaliq KMK” AJ qarashli “Kauldi” kon majmuasida navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg‘ulot o‘quv nuqtalariga bo‘lingan holda muhandis texnik xodimlar, tuman tez tibbiy xizmati xodimlari va 10-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi ishtirokida, konda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni bartaraf etish va uni oldini olishga qaratilgan hamkorlikda harakatlanish taktikasini muvofiqlashtirish ishlari olib borildi.

Continue Reading →

0

Oʻzbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni va “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJ binosida bayram tadbiri o’tkazildi.

Posted by:

Oʻzbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni va “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekkoʻmir” AJ binosida bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbir jarayonida koʻp yillar davomida kombinat rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh kon qutqaruvchilarning mashaqqatli mehnatini munosib eʼtirof etgan holda, “Oʻzbekkoʻmir” AJ Bosh direktori tomonidan turli darajadagi «Konchilik shuxrati» ko’krak nishoni va faxriy yorliqlar topshirildi.

Continue Reading →

0

5-AHKQV Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism boʻlinmalarida monitoring ishlari va shaxsiy tarkibini qutqaruvchi maqomi attestatsiyasi davom etmoqda.

Posted by:

HKQQ boʻlinmalarining tezkor-tehnik tayyorgarligini monitoring qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jadvaliga muvofiq, navbatdagi monitoring va attestatsiya ishlari joriy yilning 16-19-may kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvodida olib borildi.
Boʻlinmaning Avariyalarni bartaraf etish va odamlarni qutqarish boʻyicha tezkor-texnik tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida, komandirlar va respiratorchilar tarkibining egallab turgan lavozimi va qutqaruvchi degan sharafli nomga har tomonlama munosibligi xamda kon qutqaruv faoliyatining oʻzi hos xususiyatlarini inobatga olgan holda avariya-qutqaruv ishlariga shayligi va jismoniy ...

Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyatida bo’yicha o’quv mashg’uloti o’tkazildi

Posted by:

Kuni kecha “Xondiza” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, yer ostida vujudga keladigan xavfli gazlar va uning miqdorini asbob-uskunalar yordamida aniqlash usullari toʻgʻrisida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Boʻlinma gaz taxlil laboratoriya mudiri rahbarligida oʻtkazilgan mashgʻulotda, kon lahimlarda xavfli gazlar tarkibiy qismlarini tezkor uslubda aniqlashga moʻljallangan AM-5 aspiratori xamda kon havosidagi gaz aralashmalarning ruxsat etilgan konsentratsiya darajasini aniqlashda kimyoviy tezkor taxlilini oʻtkazishda ishlatiladigan indikator naychalarning texnik tavsifi, foydalanish tartibi, tuzilishi va ishlash prinsipi toʻgʻrisidagi koʻrsatmalari shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Continue Reading →

0
Page 24 of 48 «...10202223242526...»