Er osti kon xavosi doimo nazoratda!

Posted by:

Barchaga ma’lumki, er osti kon havosi tarkibini zararlantiruvchi omillardan bo’lgan ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan ishlangan gaz aralashmalari, barcha kon lahimlariga tarqalib xavfli muhitni yuzaga keltiradi.
Shu munosabat bilan, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi kon qutqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi korxona bilan tuzilgan jadvalga muvofiq, o’ziyurar transport ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan ishlangan gazlardan namunalar olinmoqda.

Continue Reading →
0

bo‘limma shaxsiy tarkibining issiqlikka chidamlilik mashqlari o’tkazildi.

Posted by:

“Navoiy KMK” AJ “Qizilqum kon boshqarmasi”ga qarashli “Qoraqo’ton” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qoraqo’ton” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq, joriy yilning 1 aprel kuni, vzvod komandirlar tarkibi rahbarligida shaxsiy tarkibni issiqlikka chidamliligini saqlab turish maqsadida maxsus tayyorgarlik mashqlari o’tkazildi.
O‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotda, yuqori harorat va nisbiy namlik ko’rsatkichi yuqori bo’lgan issiqlik kamerasida kon qutqaruvchilar apparatga ulangan holda jismoniy mashqlar bajarishdi. Mashg’ulot rahbari tomonidan har bir kon quqaruvchining yurak urishi va tana harorati o’lchanib me’yoriy ...

Continue Reading →
0

Bo’limma shaxsiy tarkibining jismoniy tayyorgarligi ko’zdan kechirildi

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo’linmalari shaxsiy tarkibi o’rtasida jismoniy tarbiya va sport turlarini shakillantirish, jismoniy imkoniyatlari va harakat faolligini takomillashtirish orqali ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash  maqsadida, joriy yilning 1 aprel kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida, qo’lga tayangan holda turnikda tortilish va brusda ishlash bo’yicha jamoaviy mashqlar bajarildi.

Continue Reading →
0

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatida joylashgan “Pioner” konida 2024 yil 18 mart kuni o‘pirilishi sodir bo’lganligini inobatga olib HKQQ shtabining tegishli farmoniga asosan HKQQ bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan konlarda er osti o‘pirilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o’tkazildi, unda kon lahimlaridagi mustahkamlagichlar holati, zaxira chiqish yo‘llarining belgilangan talablarga muvofiqligi va boshqalar bo‘yicha o’rganish o‘tkazildi.

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo’linmalar shaxsiy tarkibining tezkor-texnik tayyorgarligi bo’yicha navbatdagi monitoring ishlari 2-AHKQVdida o’tkazilmoqda.

Posted by:

HKQQ SHtabining 2024 yilda “HKQQ bo’linmalari tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyadan o’tkazish” jadvaliga muvofiq, ayni damda “O’zbekko’mir” AJ ob’yeklarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida o’tkazilmoqda.
Rejalashtirilgan ishlarning birinchi kunida bo’linma tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish ishlariga qaratildi. Mazkur monitoring ishlarida HKQQ shtabi yordamchi o’quv bolimma muhandislari tomonidan maxsus kon-qutqaruv asbob-anjom va maxsus texnikalarni holati, texnik sozligi, tekshiruv qurilmalaridan foydalanishda kon qutqaruvchilarning bilim va mahoratlari baholab borilmoqda.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda profilaktik tadbirlar o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 27 mart kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” ob’eklarida kon-qutqaruv islarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi hamda kon muhandis-texnik hodimlar ishtirokida xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Pirmirob” va “Guzaksoy” konlarida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
Profilaktik tadbirlar jarayonida, kon qutqaruvchilar tomonidan er osti kon lahimlaridagi zahira chiqish yo’llari, elektr energiyani uzatish tarmoqlarining holati, to’g jinslarini o’pirilish xavfi mavjud bo’lgan hududlar ko’zdan kechirilib, yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan smena masteri va ...

Continue Reading →
0

XAYRIYA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

Posted by:

Yurtimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash,  kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan xayrli sa’y-harakatlarda ustuvorlik kasb etadi.

Xalqimiz qoniga singib ketgan saxovat, mehr muruvvat, bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlarimiz muqaddas Ramazon oyida yaqqol ifodasini topmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan ezgu tashabbuslar ijrosida “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasi sifatida har qadamda namoyon bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yil 29 mart  sanasida  Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi  xodimlari  tomonidan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashabbusi bilan ...

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo’yicha navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Posted by:

2024 yil 25 mart kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi hamda kon muhandis-texnik va shamollatish xizmati xodimlari ishtirokida “Xondiza” konida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Kon boshqarmasi bilan kelishilgan jadvalga muvofiq o’tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida, konni avariyalarga qarshi ishlash tizimining holati, yong‘indan himoya tizimi va yong‘in o‘chirish manbalarining sozligi tekshirilib, tog’ jinslarining o’pirilishi bilan bog’liq avariyaviy holatlarni oldini olish ishlari amalga oshirildi.

Continue Reading →
0

HKQQ bo’linmalari shaxsiy tarkibining professional mahoratlarini mustahkamlash yo’lida.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan ob’ektlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarga shaxsiy tarkib tayyorgarligini doimo shay holatda bo’lishligida, komandirlar tarkibining o’rni katta ahamiyatga ega.
Bunga misol, kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida o’tkazilgan taktik-texnik tayyorgarlik amaliy mashg’ulot jarayonidan guvohi bo’lishimiz mumkin.
Bo’limma shaxsiy tarkibini avariyaviy vaziyatga yaqinlashtirgan holda o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, maxsus kon-qutqaruv asbob-anjomlarni tayyorlash, sozlash va unga ulangan holatda kon-qutqaruv ishlarini olib borishi ...

Continue Reading →
0

Bo‘limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

2024 yil 24 martda “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkibining avariya-qutqaruv ishlariga tayyorgarligi, qutqaruv kuch-vositalarining kon-qutqaruv ishlariga shayligi hamda avariyaviy vaziyatlarda taktik harakatlarni muvofiqligini baholash maqsadida taktik-texnik tayyorgarlik amaliy mashqlari o’tkazildi.
Bo’linma komandiri yordamchisining bevosita kuzatuvi ostida o’tkazilgan amaliy mashqlar jarayonida, shaxsiy tarkib tomonidan kon-qutqaruv asbob-anjomlarni texnik sozligini tekshiruvdan o’tkazilishi va tartib bilan foydalanishi, aloqa vositasi orqali xabarlarni qabul qilib olishi va etkazish, kon havosidan ...

Continue Reading →
0
Page 2 of 42 12345...»