Jismoniy va saf tayyorgarlik – professional faoliyat mezoni!

Добавил:

“Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi hamda jamiyatning “Kauldi” koniga xizmat ko’rsatuvchi 10-AHKQVzvodlari kun tartibida belgilangan amaliy mashqlar doirasida bo’limma shaxsiy tarkibini jismoniy va saf tayyorgarligi bo’yicha amaliy nazorat mashqlari o‘tkazildi.
Mashg’ulot trenajyor zalida badanni chiniqtirish mashqlaridan boshlandi, unda yugurish, qo’lga tayangan holda brus va kuch trenajyorlarida mashqlar bajarildi. So’ng saf tayyorgarligi bo’yicha safda turish va yurish usullari, harbiycha salom berish va bo‘limmani kolonna bolib harakatlanishi ko‘zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Gaz-taxlil laboratoriya bo’yicha mashg’ulot o’tkazildi.

Добавил:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi shtabining 2025 yil 17 dekabrdagi 20-son farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida ishlab chiqilgan video darslik asosida mashg’ulot o’tkazildi.
Mahsg’ulotda nazorat-o’lchov asboblari jumladan, kon lahimlarda xavfli gazlar tarkibiy qismlarini tezkor uslubda aniqlashga moʻljallangan AM-5 aspiratori hamda nisbiy namlik darajasi va havo haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan “Assman” aspiratsiya psixrometridan foydalangan holda ularning texnik tavsifi, tuzulishi va ishlash tartibi to’g’risida ma’lumotlar shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha amaliyot mashg’ulot o’tkazildi.

Добавил:

“Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadida shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tkaziladigan nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq tibbiy tayyorgarlik bo’yicha amaliy-ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulotda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ishlari doirasida nafas olish faoliyatini tiklashda amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi va sun’iy havo berish apparatidan foydalanish tartibi ko’rsatib o’tildi.

Continue Reading →
0

HKQQ bo’linmalarida «Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Добавил:

Xabaringiz bor, joriy yil 1 dekabrdan 30 dekabrgacha yurtimizda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan, Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi bo’linmalarida mazkur oylik tadbirlari doirasida qator ko’rgazmali seminarlar, ogohlikka qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan kon qutqaruvchilar tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi obyektlarda yong’inni oldini olish, odamlarni evakuatsiya qilish bo’yicha ishchi-xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash ...

Continue Reading →
0