Jismoniy va saf tayyorgarlik – professional faoliyat mezoni!

Добавил:

“Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi hamda jamiyatning “Kauldi” koniga xizmat ko’rsatuvchi 10-AHKQVzvodlari kun tartibida belgilangan amaliy mashqlar doirasida bo’limma shaxsiy tarkibini jismoniy va saf tayyorgarligi bo’yicha amaliy nazorat mashqlari o‘tkazildi.
Mashg’ulot trenajyor zalida badanni chiniqtirish mashqlaridan boshlandi, unda yugurish, qo’lga tayangan holda brus va kuch trenajyorlarida mashqlar bajarildi. So’ng saf tayyorgarligi bo’yicha safda turish va yurish usullari, harbiycha salom berish va bo‘limmani kolonna bolib harakatlanishi ko‘zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Gaz-taxlil laboratoriya bo’yicha mashg’ulot o’tkazildi.

Добавил:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi shtabining 2025 yil 17 dekabrdagi 20-son farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida ishlab chiqilgan video darslik asosida mashg’ulot o’tkazildi.
Mahsg’ulotda nazorat-o’lchov asboblari jumladan, kon lahimlarda xavfli gazlar tarkibiy qismlarini tezkor uslubda aniqlashga moʻljallangan AM-5 aspiratori hamda nisbiy namlik darajasi va havo haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan “Assman” aspiratsiya psixrometridan foydalangan holda ularning texnik tavsifi, tuzulishi va ishlash tartibi to’g’risida ma’lumotlar shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha amaliyot mashg’ulot o’tkazildi.

Добавил:

“Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadida shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tkaziladigan nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq tibbiy tayyorgarlik bo’yicha amaliy-ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulotda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ishlari doirasida nafas olish faoliyatini tiklashda amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi va sun’iy havo berish apparatidan foydalanish tartibi ko’rsatib o’tildi.

Continue Reading →
0

HKQQ bo’linmalarida «Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Добавил:

Xabaringiz bor, joriy yil 1 dekabrdan 30 dekabrgacha yurtimizda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yong‘in xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan, Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi bo’linmalarida mazkur oylik tadbirlari doirasida qator ko’rgazmali seminarlar, ogohlikka qaratilgan targ’ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan kon qutqaruvchilar tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi obyektlarda yong’inni oldini olish, odamlarni evakuatsiya qilish bo’yicha ishchi-xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash ...

Continue Reading →
0

9-AHKQVdida ijro intizomi va kadrlar ishi boʻyicha monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi. 

Добавил:

HKQQ shtabining 2025 yil ikkinchi yarim yillikda o’tkazilishi belgilangan jadvalga muvofiq HKQQ bo’linmalarida ijro intizomi va kadrlar ishini yuritish holatini o’rganish bo’yicha 2025 yil 23 sentyabr kuni, HKQQ boshlig’ining kadrlar ishi va umumiy masalalar bo’yicha yordamchisi M.Iminov tomonidan “Dehqonobod kaliy zavodi» AJga kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 9-AHKQVzvodida monitoring o’tkazildi.

9-AHKQVdida kadrlar ishi va ijro intizomi boʻyicha yuritilayotgan xujjatlarning amaldagi Qonun hujjatlariga va Mehnat Kodeksiga muvofiqligi, joriy qilingan yagona milliy bazasini shakillantirishda amalga oshirilgan ishlar ko’rib ...

Continue Reading →
0

5-AHKQVdida ijro intizomi, kadrlar ishi hamda shaxsiy tarkib jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi. 

Добавил:

HKQQ bo’linmalarida ijro intizomi holati va kadrlar ishlarini yuritilishi hamda “Jismoniy va sport mashg’ulotlarini o’tkazish sport zallari va undagi sport jihozlari holatini o’rganish, shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi monitoringini olib borish bo’yicha 2025 yil ikkinchi yarim yillikda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar jadvali”ga muvofiq joriy yilning 21-22 avgust kunlari, HKQQ boshlig’ining kadrlar ishi va umumiy masalalar bo’yicha yordamchisi M.Iminov va tezkor-texnik bo’limi muhandisi O.Nazirovlar tomonidan “Olmaliq KMK” AJning “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Namangan viloyati Chodak shahrida ...

Continue Reading →
0

XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS!

Добавил:

Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashga munosib hissa qo‘shgan mehnat va urush faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelinadi. Shuningdek, HKQQ tizimida ko‘p yillar mehnat qilib nafaqaga chiqgan mehnat faxriylarimizni qadrlab ularning holidan xabar olish maqsadida HKQQ bo‘linmalari tomonidan tadbirlar  tashkil qilindi.

Jumladan, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10-AHKQVzvodi komandirlar tarkibi va shaxsiy tarkib ishtirokida ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha tadbir tashkil qilindi.

HKQQismi  HKQO, 1, 5, 9-АHKQVzvodlari ...

Continue Reading →
0

Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!

Добавил:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 fevraldagi  “2025 yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-68-son qarori doirasida Tog’-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining  2025 yil 13 martdagi 9-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida  Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) shtabi va bo’linmalarda obodonlashtirish va ko’kalomzorlashtirish hasharlari uyushtirildi.

Shu bilan birga, “Navro‘z” bayrami muqaddas “Ramazon” oyida nishonlanishini inobatga olib, bayram arafasida HKQQ shtabi va hududiy bo’linmalari tashabbusi bilan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ...

Continue Reading →
0

Qutqaruv kuch tuzilmalari xamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o’tkazildi. 

Добавил:

2025 yil 11 martda “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tuman qutqaruv kuch tuzilmalari shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari hamda “O’zbekko’mir” AJga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi bilan hamkorlikda  favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Binoda shartli ravishda sodir bo’lgan o’pirilish oqibatida bino ichida qolgan insonlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarni ...

Continue Reading →
0

O’quvchi yoshlar kon-qutqaruv vzvodiga tashrif buyurishdi. 

Добавил:

So’nggi yillarda davlatimiz tomonidan yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy, sport va boshqa yoʻnalishlardagi salohiyatini kamol toptirish masalasiga katta e’tibor qaratib kelinadi. Ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan musobaqalar, jumladan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi ham shular jumlasidandir.
 
Angren shahri Jigariston qo’rg’onida joylashgan 3-son o’rta ta’lim maktab o’quvchi yoshlarini mazkur musobaqaning tuman bosqichiga tayyorlash ishlari doirasida maktab ma’muriyati hodimi va o’quvchilar “Ozbekko’mir” AJga qarashli obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodiga tashrif buyurishdi.

O’quvchi yoshlarga tajribali bo’linma komandiri yordamchisini ...

Continue Reading →
0
Page 1 из 32 12345...»