“Dehqonobod”HKQVda Avariya-qutqaruv asboblari toʻgʻri va samarali foydalanish toʻgʻrisida oʻquv mashgʻuloti o’tkzildi.

Posted by:

Joriy yilning 14-aprel kuni “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQV shaxsiy tarkibi ishtirok etgan holda avariya-qutqaruv ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar toʻgʻrisida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

oʻquv mashgʻulot jarayonida boʻlimma shaxsiy tarkibiga avariya-qutqaruv ishlarida qoʻllaniladigan gidroyuritmali kengaytirgich, kombinatsiyalangan asbob va har xil turdagi temir konstruksiyalarni kesishda va ajratishda ishlatiladigan gidravlik qaychining tuzulishi, vazifasi, oʻziga hos afzalliklari,  maxsus taktik-texnik xususiyatlari va imkoniyatlari xamda foydalanish qoidalari toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.

Continue Reading →

0

“Oʻzbekkoʻmir” AJ va 2-AHKQV hamkorlikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti o’tkazildi.

Posted by:

2023 yil 13 aprelda “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Temir yoʻl transporti” filialida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalarining shartli zilzila, yongʻin, koʻchki sodir boʻlganda, qutqaruvchilar tomonidan qutqaruv ishlarini olib borish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha mahoratlari sinovdan o’tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar shahar tuzilmalari rahbariyati maxsus shtab markazida birlamchi taqdim etilgan axborot bilan tanishib, taktik mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joyga tashrif buyurishdi.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlarida “Oʻzbekkoʻmir” AJ Fuqaro ...

Continue Reading →
0

Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni oʻrganish va shaxsiy tarkibning kon laximlaridan oʻtish mashgʻuloti oʻtkazildi.

Posted by:

Xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni bartaraf etishda kon qutqaruvchilardan nafaqat maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlarni samarali qoʻllay olishi yoki jismoniy yetuklikga erishilgan boʻlishligi balki avariya sodir boʻlgan xududning nomi va joyini xamda ABER chizmasiga muvofiq oʻtish yoʻllarini puxta oʻzlashtirganligini talab etadi.
Shu munosabat bilan kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkib ishtirokida, ABERni oʻrganish va temir konstruksiyadan yasalgan tor kon laximidan epchillik ...

Continue Reading →
0

“Xondiza” HKQVzvodi shaxsiy tarkib ishtirokida koʻrgazmali nazariy mashgʻulot oʻtkazildi.

Posted by:

Bugun 13-aprel kuni “Xondiza” HKQVzvodi nazariy mashgʻulotlar oʻtkazish honasida nafas olish aʼzolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30, R-34) respiratorni germetikligi va texnik sozligini tekshirishga moʻljallangan universal tekshiruv asbobi (UKP-5) va yer osti havo bosimini mexanik usulda oʻlchovchi barometr aneroid asbobining texnik xususiyatlari, tuzilishi, tekshiruv olib borish xamda samarali foydalinish toʻgʻrisida shaxsiy tarkib ishtirokida koʻrgazmali nazariy mashgʻulot oʻtkazildi.

 

Continue Reading →

0

Dexqonobod HKQV shaxsiy tarkibining tezkor-texnik tayyorgarlik boʻyicha monitoring va attestatsiyadan o’tkazildi.

Posted by:

HKQQ Shtabining 2023-yilda HKQQ boʻlinmalari tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasidan oʻtkazish jadvaliga muvofiq, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVda boʻlib oʻtdi.
Besh kun (3.04-07.04) davomida boʻlinma tezkor-texnik tayyorgarligi boʻyicha kon qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va uni taktik jihatdan toʻgʻri va aniq olib borish mahorati, avariya-qutqaruv ishlarida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish tezkorligi, maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlar va avtotexnikalarni kon qutqaruv ishlariga shayligi xamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy imkoniyatlari monitoring va attestatsiyani ...

Continue Reading →
0

Yer ostida vujudga keladigan xavfli gazlar va ulardan namuna olish boʻyicha nazariy mashgʻulot o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yil 5 aprelda OKMK AJ tasarrufidagi “Xondiza”kon boshqarmasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-chi alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodiga qarashli “Xondiza” HKQV gaz taxlil laboratoriya mudiri ishtirokida havodan namuna olishda ishlatiladigan oʻlchov qurilmasi va undan foydalanish toʻgʻrisida koʻrgazmali nazariy mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida konda ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan gazlar, havodan namuna olishning besh xil uslubi to’g’risidagi ko’rsatmalari etkazildi va namuna uchun olingan gazlar koʻrsatkichlarini hisoblash usullari haqidagi maʼlumotlari konspektlashtirildi.

Continue Reading →

0

Yer osti yongʻinlarini oʻchirish boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 4-aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi oʻquv konida yer osti laximlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish, yongʻin oʻchirish vositalari va uskunalaridan samarali foydalanish tajribasini oshirish maqsadida taktik tayyorgarlik mashgʻuloti tashkillashtirildi.
Oʻquv mashgʻulotda yer osti tik, qiya va gorizontal lahimlarda kelib chiqadigan yongʻinlar koʻlamini kengayib ketmasligi uchun suv qalqonini hosil qilish va masofadan turib yongʻinni oʻchirish ishlarida boʻlimma shaxsiy tarkibi tomonidan maxsus ...

Continue Reading →
0

“Mashqda qiyin boʻlsa – amalda oson boʻladi” Kon qutqaruvchilar oʻquv amaliy mashqlarda toblanmoqda.

Posted by:

Joriy yil 1-3-aprel kunlari Olmaliq va Navoiy KMK AJ kon majmaulariga xizmat koʻrsatuvchi 5 va 8 AHKQVda tezkor shaxsiy tarkibni taktik-texnik tayyorgarlik boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash xamda maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlaridan moxirona foydalangan holda avariya oqibatida qolgan odamlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatib xavfli boʻlgan xududdan evakuatsiya qilish taktik haraklar muvofiqligiga erishish maqsadida oʻquv mashgʻuloti olib borildi.
Boʻlinma komandirlar tarkibi rahbarligida oʻtkazilgan ushbu oʻquv mashgʻulotda, boʻlinmaga oʻquv “Trevoga” signali berish orqali shaxsiy tarkibning yigʻuv joyiga tezkorlik bilan yetib kelish, ...

Continue Reading →
0

HKKQ boʻlinmalari kadrlar ishi, ijro intizomi va shaxsiy tarkibining jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Posted by:

2023 yil 3 aprelda  “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” kon majmuasiga xizmat koʻrsatuvchi Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan 10-AHKQVzvodida, HKQQ shtabi boshligʻining kadrlar ishi va umumiy masalalar boʻyicha yordamchisi M.Iminov va tezkor-texnik boʻlimi muxandisi O.Nazirovlar tomonidan monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Oʻrganish ishlari jarayonida, boʻlinma kadrlar ishi va ijro intizomi boʻyicha yuritilayotgan xujjatlarning Mehnat Kodeksiga muvofiqligi, joriy qilingan yagona milliy bazasini shakillantirishda amalga oshirilgan ishlar hamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha egallagan amaliy bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish maqsadida ...

Continue Reading →
0

Dastlabki hamkorlikdagi maxsus taktik oʻquv mashgʻuloti.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus taktik mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq joriy yilning 31-mart kuni “Shargʻunkoʻmir” AJ kon rahbariyati va muxandis texnik xodimlar, togʻ-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining Surxondaryo viloyati xududiy inspektori xamda “Shargʻunkoʻmir” AJ tasarrufidagi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-AHKQV shaxsiy tarkibi ishtirokida konning 14-son shtolnisida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni bartaraf etish va uni oldini olishga qaratilgan hamkorlikda harakatlanish taktikasini muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi maxsus–taktik oʻquv mashgʻuloti ...

Continue Reading →
0
Page 17 of 42 «...101516171819...»