Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Posted by:

2023 yil 12 oktyabr kuni “DKZ” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, xizmat ko‘rsatiluvchi kon majmualarida sodir bo‘lgan avariya oqibatida qolgan odamlarni hayotini saqlab qolish maqsadida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va usullari haqida ko‘rgazmali amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Bo‘linma tezkor tibbiy xizmati bo‘yicha komandir yordamchisining bevosita rahbarligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotda, birlamchi tibbiy moslamalar, ko‘rgazmali plakatlar va manikendan foydalangan holda yurakni massaj qilish va sun’iy nafas berish va har-xil ko‘rinishdagi ...

Continue Reading →
0

“Guzaksoy” konida kon havosi tarkibini o’rganish ishlari o’tkazildi.

Posted by:

2023 yil 11 oktyabrda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Chodak kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi korxonalar bilan kelishilgan holda o’tkaziladigan jadvalga muvofiq “Guzaksoy” konida kon havosi tarkibini o’rganish ishlari o’tkazildi.
O’rganish ishlari jarayonida bo’linma namuna oluvchisi tomonida kon havosidan olingan namuna tarkibidagi gaz miqdorini aniqlash maqsadida bo’linma GTL mudiri rahbarligida, zamonaviy “Gazoxrom – xromatek – 2000” uskunasidan foydalangan holda keltirilgan namunadagi gazlar tarkibi va miqdori laboratoriya sharoitida tezkor uslubda aniqlanib, ...

Continue Reading →
0

Bo’limma saf tayyorgarligi ko’zdan kechirildi. 

Posted by:

Kuni kecha “DKZ“ AJ «Dehqonobod» TKM kon majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo‘limma shaxsiy tarkibining harbiy tartib intizom va o‘zaro o‘rtoqlik munosabatlarini mustahkamlash, komandir (boshliq) va bo‘ysinuvchi o‘rtasidagi harbiycha muomala madaniyatini shakllantirishga qaratilgan saf tayyorgarligi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Bo‘linma kun tartibiga muvofiq o‘tkazilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotda, bo‘limma shaxsiy tarkibining safda turish va yurish usullari, komandir (boshliq) tomonidan berilgan komandalarni aniq va tezkorlik bilan amalga oshirishi, harbiycha salomlashish tartibi hamda joyda turib burilishlarni amalga oshirish harakatlari ko‘zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi tizimida energiya tejamkorligi bo’yicha tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Posted by:

Yurtimizda elektr energiya resurslariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotgan bugungi davrda energiya tejamkorligining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganligini va shu yo‘nalishda yaqin yillar ichida qabul qilinayotgan farmon, qaror va bir qator me’yoriy xujjatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning 1 oktyabrdan korxona va tashkilotlarda elektr energiya va gaz narxining oshirilishi munosabati bilan HKQQ bo‘linmalarda elektr energiya ta’minotidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida HKQQ shtabining tegishli buyrug‘i chiqarilgan.
Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida, HKQOtryadi komandirlar tarkibidan mas’ul shaxs tayinlanib, elektr energiya ta’minotidan ...

Continue Reading →
0

Maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlardan foydalanish bo’yicha navbatdagi o’quv mashg’uloti.

Posted by:

Joriy yilning 7 oktayabr kuni “DKZ“ AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi kun tartibiga muvofiq, shaxsiy tarkib ishtirokida, kon qutqaruv asbob-anjomlarini sozlash, tekshirish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xamda foydalanishda havfsizlik texnikasiga rioya etish mavzusida o’tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida nafas olish aʼzolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30, R-34) respiratorni germetikligi va texnik sozligini tekshirishga moʻljallangan universal tekshiruv qurilmasi (UKP-5)dan foydalanish, uning texnik xususiyatlari, tuzilishi, tekshirishlar olib borish tartibi to’g’risidagi mashg’ulot rahbarining kerakli ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni o’rganish ishlari o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yil 5 oktyabrda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Xondiza kon boshqarmasi” “Xondiza” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi bo‘limma shaxsiy tarkibi ishtirokida, xizmat ko‘rsatiluvchi obyektlarning xavfsizligini ta’minlash xamda avariya yoki baxtsiz xodisalar sodir bo‘lganda kon rahbariyati bilan xamkorlikda tuzilgan ABERga muvofiq tezkorlik bilan taktik harakatlarni amalga oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O’rganish ishlari davomida, mashg‘ulot rahbari tomonidan ABERning tezkor qismida kon qutqaruv bo‘limmalari olib boradigan qidiruv-qutqaruv va avariya qutqaruv ishlari jarayonida e’tibor qaratiladigan muhim jihatlari ...

Continue Reading →
0

Profilaktik tadbirlar samaradorligi oshirilmoqda.

Posted by:

Kuni kecha “DKZ” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va zavod rahbariyati bilan 2023 yil 4-chi chorakda o’tkaziladigan profilaktik tadbirlar rejasiga muvofiq, kon qutqaruv vzvod komandir yordamchisi va muhandis texnik xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Profilaktik ishlar mobaynida, kon laxmlarining holati, markaziy nasos stansiyadagi nasoslarni texnik sozligi, elektr energiyani uzatish tarmoqlarining yaroqliligi va foydalanishda texnik havfsizlik talablariga rioya etilishi hamda konni shamollatish uskunalarining barqaror ishlashi ko’zdan kechirilib, yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha ...

Continue Reading →
0

Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Posted by:

Bilamizki, ilm va ma’rifatni azaldan yuksak qadrlab kelgan xalqimizda “ustoz”, “muallim” kabi so‘zlar “vatan”, “iymon” kabi tushunchalar bilan bir qatorda muqaddas sanaladi. Sharq falsafasida ustozning o‘rni, ilm o‘rganish masalasida ajdodlarimiz ko‘rsatgan ko‘hna ibrat bugungi ta’lim-tarbiya jarayonlarida ham biz uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilinganligi, mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ming-minglab o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir.
Shu munosabat bilan ustoz va murabbiylarni qutlash ...

Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyati bo’yicha uslubiy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.  

Posted by:

Kuni kecha “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, gaz-taxlil laboratoriya (GTL) faoliyatida ishlatiladigan asbob-uskunalar to’g’risidagi maʻlumotlarni shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida uslubiy o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Bo’linma GTL mudiri rahbarligida o’tkazilgan usulbiy o’quv mashg’ulotda, kon lahimlarida havo oqimining o’rtacha tezligini yuqori aniqlikda o’lchashga va portlashdan himoyalangan ARP-2 (ko’chma kon anemometr)ining texnik tavsifi va foydalanish uslubi to’g’risidagi ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yilning 25-sentabr kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad kon qutqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Qizil-olma” koni “Samarchuk” uchastkasida profilaktik ishlar o’tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida, kon lahimlarining holati, yong’indan himoya tizimining texnik sozligi, elektr energiyani uzatish tarmoqlarining yaroqliligi va foydalanishda texnik havfsizlik talablariga rioya etilishi hamda konni shamollatish uskunalarining barqaror ishlashi bo’yicha profilaktik tekshiruvlar amalga oshirildi. Tadbir mobaynida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf ...

Continue Reading →
0
Page 9 of 42 «...7891011...»