Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Posted by:

Bilamizki, ilm va ma’rifatni azaldan yuksak qadrlab kelgan xalqimizda “ustoz”, “muallim” kabi so‘zlar “vatan”, “iymon” kabi tushunchalar bilan bir qatorda muqaddas sanaladi. Sharq falsafasida ustozning o‘rni, ilm o‘rganish masalasida ajdodlarimiz ko‘rsatgan ko‘hna ibrat bugungi ta’lim-tarbiya jarayonlarida ham biz uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilinganligi, mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ming-minglab o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir.
Shu munosabat bilan ustoz va murabbiylarni qutlash ...

Continue Reading →
0

Gaz-tahlil laboratoriya faoliyati bo’yicha uslubiy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.  

Posted by:

Kuni kecha “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, gaz-taxlil laboratoriya (GTL) faoliyatida ishlatiladigan asbob-uskunalar to’g’risidagi maʻlumotlarni shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida uslubiy o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Bo’linma GTL mudiri rahbarligida o’tkazilgan usulbiy o’quv mashg’ulotda, kon lahimlarida havo oqimining o’rtacha tezligini yuqori aniqlikda o’lchashga va portlashdan himoyalangan ARP-2 (ko’chma kon anemometr)ining texnik tavsifi va foydalanish uslubi to’g’risidagi ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yilning 25-sentabr kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad kon qutqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Qizil-olma” koni “Samarchuk” uchastkasida profilaktik ishlar o’tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida, kon lahimlarining holati, yong’indan himoya tizimining texnik sozligi, elektr energiyani uzatish tarmoqlarining yaroqliligi va foydalanishda texnik havfsizlik talablariga rioya etilishi hamda konni shamollatish uskunalarining barqaror ishlashi bo’yicha profilaktik tekshiruvlar amalga oshirildi. Tadbir mobaynida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf ...

Continue Reading →
0

9-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish bo’yicha  amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli o’rganish o’tkazildi.

Posted by:

HKQQ shtabi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan, HKQQ shtabining  2023 yil 20 sentyabrdagi 80-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil  27 sentyabr  kuni 9-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish bo’yicha  amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli o’rganish o’tkazildi.

O’rganish jarayonida O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldan kuchga kiritilgan Yangi Mehnat kodeksi (28.10.2022 y. 798-son O’RQ) haqida unda kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hamda Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirig’iga muvofiq, ishlar olib borilayotgani hamda O’zbekiston Respublikasi ...

Continue Reading →
0

Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topganiga 63-yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Posted by:

2023-yil 21-sentabr kuni Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topganiga 63-yil bo‘ldi. Shu munosabati bilan, 22-sentabr kuni Angren shahar tarixi muzeyi tomonidan tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Angren shahar xokimiyati vakillari, ichki ishlar xodimlari hamda HKQOtrad shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

HKQQ shtabining 2023-yil 22-iyuldagi 21-son farmoyishi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 22-sentabrda Angren shahar tarixi muzeyi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda HKQOtradi shaxsiy tarkibining madaniy-estetik savodxonligini oshirish maqsadida Angren shahar tarixi muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi.

Ekskursiyada muzey xodimi tomonidan Angren shahar tarixi muzeyining tashkil topishi tarixi va muzeyda ...

Continue Reading →
0

Mashqda qiyin bo’lsa – amalda oson bo’ladi!

Posted by:

Kuni kecha “DKZ” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi rahbarligida, xizmat ko’rsatiluvchi kon majmuada sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar va uning oqibatida yuz beradigan baxtsiz xodisalarni tezkorlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va er yuzasiga evakuasiya qilish bo’yicha bo’limma shaxsiy tarkibining bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlash hamda taktik harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida navbatdagi taktik-texnik tayyorgarlikning amaliy mashqlari o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Shaxsiy tarkib harbiy intizomini mustahkamlash va jangovor salohiyatini oshirish maqsadida saf tayyorgarligi bo’yicha amaliy mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning harbiy intizomi, jangovor salohiyati va ruxiyatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi saf tayyorgarligi mashg’uloti barcha HKQQ bo’linmalarida kun tartibiga muvofiq muntazam ravishda o’tkazilib turiladi.
Navbatdagi saf tayyorgarligi mashg’uloti joriy yilning 16 sentyabr kuni “Sharg’unko’mir” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-AHKQVzvodida o’tkazildi.
Amaliy mashg’ulotni boshlashdan avval komandirlar tarkibi o’z qo’l ostidagi shaxsiy tarkibning formali kiyim-boshlarini o’rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etilishi, doimiy ravishda yonida bo’ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi ...

Continue Reading →
0

Navbatdagi hamkorlikdagi maxsus taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 16 sentyabr kuni, “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” konining 3-son shtolnisida, kon muhandis texnik xodimlar, kon feldsheri va 10-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va bo’limma tezkor shaxsiy tarkibi ishtirokida, konda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni bartaraf etish va uni oldini olish xamda avariya oqibatida qolgan kon ishchisiga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va er yuzasiga evakuasiya qilish ishlari doirasida hamkorlikda harakatlanish taktikasini muvofiqlashtirish bo’yicha navbatdagi maxsus–taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

Bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

“Navoiy KMK” Aj qarashli “Janubiy kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, zaxira bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni ko’zdan kechirish maqsadida, kon qutqaruv ishlarini olib borish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish amaliyot mashqlari o’tkazildi.
Bevosita komandirlar tarkibi kuzatuvi ostida o’tkazilgan ushbu kompleks mashqlar jarayonida, kon qutqaruv asbob-anjomlar va jangovor avtotexniklarni kon qutqaruv ishlariga shayligi, aloqa tizimini o’rnatish ishlari, kon havosidan namuna olish, yong’in sodir bo’lgan kon lahimida yong’in ...

Continue Reading →
0

Kon qutqaruvchilar mashqlarda toblanmoqda.

Posted by:

“Navoiy KMK” AJga qarashli “GMZ-1” kon boshqarmasi konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qora-Qo’ton” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi rahbarligida, bo’limma shaxsiy tarkibning taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlarini tezkorlik va aniqlik bilan belgilangan meʻyoriy vaqtda bajarilishini ko’zdan kechirish maqsadida mahorat mashqlari o’tkazildi.
Bo’linmaga o’quv “Trevoga” signali berish orqali navbatchi va zaxira bo’limmalar tezkor shaxsiy tarkibning kon qutqaruv ishlarini olib borishi, tezkor avtomashinaning jangovor shayligi, maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlardan moxirona foydalangan holda avariya oqibatida qolgan odamlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish ...

Continue Reading →
0
Page 9 из 42 «...7891011...»