Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida monitoring o’tkazildi.

Posted by:

 Joriy yilning 14 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi hamda kon muhandis-texnik xodimlar ishtirokida “Xondiza” koni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish ishlariga tayyorgarligi hamda konning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
    Tadbir mobaynida, tog’ jinslari o’pirilish ehtimoli yuqori bo’lgan kon lahimlari va qazish ishlari olib borilayotgan kovjoylardagi kon havosidan nazorat asboblar yordamida namunalar olindi.

Continue Reading →
0

10-AHKQV Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan

Posted by:

2025 yil 8-fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’linma shaxsiy tarkibi ishtirokida o’tkaziladigan nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, o’lchov asboblarini qoʻllanilishi toʻgʻrisida shaxsiy tarkib bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
    Bo’linma gaz-tahlil laboratoriya mudiri rahbarligida oʻtkazilgan ushbu mashgʻulotda, yer osti laximlaridagi nisbiy namlik darajasi va havo haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan “Assman” aspiratsiya psixrometrining texnik tavsifi, tuzulishi va ishlash tartibi to’g’risida mavzuga oid ma’lumotlar keltirib o’tildi.

Continue Reading →
0

Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER) shaxsiy tarkib tomonidan o’zlashtirildi.

Posted by:

2025 yil 5 fevralda kecha “Sharg’unko’mir” AJga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarni olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’linma “xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq, komandirlar tarkibi rahbarligida kon-qutqaruv ishlarini olib borilayotgan obyektning ABER chizmasiga kiritilgan yangi  pozitsiyalarni o’rganish va avariya sodir bo’lganda navbatchi va zaxira bo’limmalarining taktik harakatlanish yo’nalishlarini shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LIDA!

Posted by:

 “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Angren kon boshqarmasi” obyektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar tarkibi tomonidan Ko’chbuloq koning Semguron uchastkasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida, kon lahimlarining holati, yong’indan himoya tizimining texnik sozligi o’rganildi, shuningdek qazish ishlari mobaynida to’xtatilgan kon lahimiga o’tib teshik hosil bo’lganligi yuzasidan kon havo tarkibi tahlil qilindi.

Continue Reading →
0

1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkib ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari o’tkazildi.

Posted by:

2025 yil 3 fevral kuni “Sharg’unko’mir” AJ qarashli obyektlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkib ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari o’tkazildi.
HKQQ shtabi tezkor-texnik bo’limi hududiy muhandisi nazoratida o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, berilgan avariya turiga qarab kon-qutqaruv asbob-anjomlarni tayyorlash, er osti kon lahimidan namuna olish va tahlillar o’tkazish, avariya oqibatida qolgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va evakuatsiya qilish bo’yicha shaxsiy tarkib bilim va ko’nikmalari ko’zdan kechirildi.

Continue Reading →
0

HKQQ shtabi rahbar xodimlar va barcha bo‘linmalar komandirlari ishtirokida 2024 yil yakuni bo’yicha seminar yig’ilish o’tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi (HKQQ) shtabining videokonferensiyalar o‘tkazish zalida, HKQQ shtabi rahbar xodimlar va barcha bo‘linmalar komandirlari ishtirokida, HKQQ faoliyati bo‘yicha tezkor-texnik, profilaktik va moliya – xo‘jalik ishlari, shuningdek HKQQ bo‘limalarining odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda tezkor-texnik tayyorgarligi monitoringi va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasining 2024-yil yakuni va 2025-yil uchun vazifalarni belgilash yuzasidan seminar yig’ilish o’tkazildi.
Seminar yig’ilishda, kadrlar ishi va ijro intizomi, gaz-tahlil laboratoriya faoliyati hamda ommaviy axborot vositalari orqali yangiliklar va ma’lumotlarni yoritib borish va internet ijtimoiy tarmog’idan xavfsiz foydalanish ...

Continue Reading →
0

5-AHKQVdida avariyalarni bartaraf etish rejasini o’rganish ishlari otkazildi. 

Posted by:

Joriy yilning 10 yanvar kuni, 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, komandirlar tarkibi rahbarligida, kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi obyektlar bilan tuzilgan avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni shaxsiy tarkibga tushuntirish, yangi chizilgan pozitsiyalarda navbatchi va zaxira bo’limmalarning taktik harakatlanishi va kon lahimida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish chorasini ko’rish yuzasidan nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0
Page 2 of 2 12