2-AHKQV va “Dehqonobod” HKQVXizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida o’rganish ishlari olib borildi.

Posted by:

   Joriy yilning 7 iyun kuni, “O’zbekko’mir” AJga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarni olib boruvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi SHUQQO filiali hamda “DKZ» AJga qarashli Tog‘-kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, 2024 yil 2-chi yarim yillikka tayyorlash, rejaga muvofiq ravishda tezkor qismiga o’zgartirishlar kiritish hamda “DKZ» AJ TKM bosh ventilator qurilmasini yagona xavfsizlik qoidalarga muvofiq, normal, revers va tinch holatida ishlashi bo’yicha o’rganish ishlari olib borildi.

Continue Reading →
0

Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi”ning “Guzaksoy” konida navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Posted by:

Kon rahbariyati bilan tuzilgan rejaga muvofiq, “Chodak kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvod komandirlar tarkibi, kon muxandis-texnik va shamollatish xizmati xodimlari va kon ishchi-xizmatchilari ishtirokida konlarning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
Tadbir davomida, vavod konmandirlar tarkibi tomonidan kon ishchi-xizmatchilarni yuzaga kelgan avariyaviy holatlarda harakatlanish tartibi hamda o’z-o’zini qutqaruvchi (SI-30) qurilmasidan foydalanish uslubi to’g’risidagi ko’rsatmalari etkazildi.

Continue Reading →
0

“Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” koni o’quv binosida, kon ishchi xizmatchilarning bilimini oshirish maqsadida o’quv-amaliyot mashg’uloti tashkil etildi.

Posted by:

2024 yil 6 iyunda “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” koni o’quv binosida, kon ishchi xizmatchilarning bilimini oshirish maqsadida o’quv-amaliyot mashg’uloti tashkil etildi.
Mashg’ulotga “Xondiza” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon- qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi taklif etilib, ular ishtirokida, kon ishchi xodimlarning konda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyaviy holatlarda avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq harakatlanish tartibi hamda ushbu vaziyatda o’z-o’zini qutqaruvchi (SI-30) qurilmasidan foydalanish tartibi ko’rsatib o’tildi.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni o’rganish ishlarida kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berildi.

Posted by:

2024-yil ikkinchi yarim yillik uchun avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ga qo’shimchalar va tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan “Navoiy KMK” AJ “Qizilqum kon boshqarmasi” “Qora-qo’ton” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Qoraqo’ton” HKQVzvod komandirlar tarkibi hamda kon bosh muhandisi ishtirokida, “Qora-qo’ton” konining ABERga muvofiq, konda avariya sodir bo’lganda avariya va uning oqibatlarini kengayib ketmasligi oldini olish va tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko’rish yuzasidan ABERning tezkor qismi ko’rib chiqildi va shaxsiy tarkibga kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berildi.

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni o’rganish ishlari bo’yicha nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 3 iyun kuni, “Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarni olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq, komandirlar va shaxsiy tarkib ishtirokida  xizmat ko’rsatiluvchi konlarning ABER chizmasidagi pozitsiyalar, xududlar nomi va avariyalar sodir bo’lganda navbatchi va zaxira bo’limmalarining taktik harakatlanish yo’nalishlari to’g’risidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Continue Reading →
0

HKQQ tizimida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish va tashkil etishni takomillashtirishga qaratilgan(monitoring)oʼrganish oʼtkazildi.

Posted by:

HKQQ shtabi boshligʼi tomonidan 2023 yil 25 dekabrda tasdiqlangan jadvalga asosan, HKQQ shtabining 2024 yil 28 maydagi 63-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 31 may kuni 2-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish boʼyicha amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli oʼrganish oʼtkazildi.
Oʼrganish jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirigʼiga muvofiq, ishlar olib borilayotgani xamda Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi ...

Continue Reading →
0

Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan.

Posted by:

2024 yil 30 mayda “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibini kon havosidan namuna olishda qoʻllaniladigan asbob-anjomlar toʻgʻrisidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, nazariy va ko’rgazmali o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Mashg’ulotda, kon havosidan namuna olish orqali kon laximlarini changlanish darajasini aniqlashga moʻljallangan avtomatik ejector (boʻgʻ kuchi bilan ishlaydigan mexanizm) kon aspiratori (AERA) xamda kon havosidan oʻrta hisobda namuna olish bilan undagi zararli tarkibiy qismlarni aniqlashga moslashtirilgan BRIZ-1 aspiratorining ishlatilish maqsadi, texnik tavsifi, xususiyatlari ...

Continue Reading →
0

Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan

Posted by:

2024 yil 29 mayda “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, er osti kon lahimlarining kon havosi harorati va namligini o’lchash uchun mo’ljallangan МВ-4М psixrometrining texnik tavsifi, xususiyatlari va foydalanish uslublari mavzusida o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot jarayonida gaz-tahlil laboratoriya mudiri tomonidan er ostida uskunadan foydalanish tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.

Continue Reading →
0

Hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o’tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalari tomonidan 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan ob’ektlarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, 24 may kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” “Qayrag’och” konida navbatdagi maxsus-taktik mashg’uloti o’tkazildi.
“Angren kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi, kon muhandis-texnik va tibbyot xodimlari ishtirokida o’tkazilgan navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’ulotida, shartli ravishda konda tog’ jinsi ko’chkini sodir bo‘lgan holatda avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, navbatchi va zahira bo’limmalarining taktik harakatlarini ...

Continue Reading →
0

Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida monitoring o’tkazildi.

Posted by:

2024 yil 27 mayda “Sharg’unko’mir” AJ ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, konlarning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
Tadbir jarayonida, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda kon-qutqaruv asbob-uskunalar bilan harakatlanishni ta’minlash bo’yicha choralar ko’rilganligi, yong’inga qarshi himoya tizimining hamda zahira chiqish yo’llarining holati o’rganildi. Tadbir yakunida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.

Continue Reading →
0
Page 9 of 32 «...7891011...»