2023 yil 13 iyul kuni Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadining maxsus taktik xarakatlarni amalda bajarish uchun mo’ljallangan o’quv maydonida qutqaruvchilar tomonidan kon qutqaruv ishlari olib borish jarayonida kon lahimlaridan o’tish va harakatlanish taktikasi to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida maxsus o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Mazkur o’quv mashg’ulotda har bir kon qutqaruvchining murakkab bo’lgan tor kon laxmlaridan tezkorlik bilan xarakatlanib o’tish imkoniyatlarini yanada oshirish, jismoniy zuriqishlarga bardoshliligini saqlab qolish va moslashuvchanlik ko’nikmasini rivojlantirishga alohida eʻtibor qaratildi.
IYL
2023