Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida tadbirlar o’tkazildi.

Posted by:

2024 yil 18 iyulda “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad komandirlar tarkibi tomonidan “Qizil olma” konida hamda “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” HKQVzvod komandirlar tarkibi tomonidan majmua konlarida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
Konlarning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari jarayonida, konlarni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish ishlariga tayyorgarligi, zahira chiqish yo’llari, tog’ jinslarini opirilish ehtimolini oldini oluvchi mustahkamlagichlarning hamda yong’inga qarshi himoya ...

Continue Reading →
0

Odamlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha ko’rgazmali mashg’ulot o’tkazildi.

Posted by:

Kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvod komandirlar tarkibi tomonidan, kon ishchi-hodimlarning konda avariya sodir bo‘lgan vaziyatda odamlarning  hayotini saqlab qolishga qaratilingan harakatlar, jumladan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va usullari to’g’risidagi tushunchalarini mustahkamlash maqsadida amaliy, ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazishdi.
O‘quv mashg‘ulotda, birlamchi tibbiy moslamalar va manikendan foydalangan holda yurakni massaj qilish va sun’iy nafas berish to‘g‘risidagi ko’rsatmalari etkazildi.

Continue Reading →
0

Xamkorlikda o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalarining 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, joriy yilning 12 iyul kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza» kon boshqarmasi obyektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandirlar va bo‘limma shaxsiy tarkibi hamda kon muhandis-texnik xodimlar hamkorligida “Xondiza” konida maxsus-taktik o‘quv mashg’uloti o‘tkazildi.

Rejaga ko’ra shartli ravishda 10-chi shtolnida yong’in chiqishi va uning oqibatida kon ishchisi qolib ketganligi to‘g’risida kon-qutqaruv bo’linmasiga xabar kelib tushgan. Ushbu avariyaviy holatda kon-qutqaruv bo’linmasi hamda kon ...

Continue Reading →
0

Bo‘limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi. 

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan ob’ektlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni oldini olish va bartaraf etish ishlariga shaxsiy tarkib shayligini ta’minlash maqsadida, navbatchi va zahira bo’limmalari ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari olib boriladi.

Continue Reading →
0

Professional tayyorgarlik – kasbiy faoliyat mezoni!

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismiga yuklatilgan asosiy vazifalar (odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish)ni muvaffaqiyatli amalga oshirish bilan bir qatorda, kon qutqaruvchilarning professional tayyorgarligi, shu jumladan taktik-texnik va maxsus tayyorgarligi, jismoniy va saf tayyorgarligi, kon-qutqaruv asbob-anjomlardan mohirona foydalanishi hamda xizmat ko’rsatiluvchi o’byektlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar samaradorligiga erishish maqsadida nazariy va amaliy mashg’ulotlarga alohida e’tibor berib kelinadi.

Bo’linmalarda o’tkazilayotgan ushbu nazariy va amaliy mashg’ulotlar hamda tadbirlardan asosiy maqsad, shaxsiy tarkibning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi, tajribasi, faoliyati samaradorligi, ...

Continue Reading →
0

Qat’iy tartib-intizom – xizmatga bo’lgan munosabatni belgilaydi! 

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJga qarashli “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi kun tartibiga muvofiq, bo‘limma shaxsiy tarkibining saf tayyorgarligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash, komandir va shaxsiy tarkib o’rtasida o’zaro harbiy munosabatlarni qo’llab-quvvatlash hamda safda turish va yurish usullari shakllantirishga qaratilgan amaliy o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
O’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, shaxsiy tarkib tomonidan berilgan komandalarni tezlik bilan aniq bajarish, safda qad rostlab turish hamda o’zidan yuqori bo’lgan shaxslar bilan harbiycha salomlashish usullari mashq qilindi.

Continue Reading →
0

Nazariy bilim va amaliy tajriba uyg’unligi!

Posted by:

“Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Xizmatni o‘tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”ga muvofiq, shaxsiy tarkibning kon-qutqaruv asbob-anjomlari jumladan, nazorat qurilmalarini qo‘llash bo‘yicha bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash maqsadida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Komandirlar tarkibi rahbarligida o‘tkazilgan ushbu mashg’ulotda, nafas olish a’zolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30, R-34) respiratori germetikligini tekshiruvchi УКП-5 va o‘pkaga sun’iy havo berish apparati sozligini tekshirish uchun mo‘ljallangan KP-3 qurilmalaridan foydalanish va tekshiruv ishlarini olib ...

Continue Reading →
0

Shaxsiy tarkib tibbiy tayyorgarlik boʻyicha bilimlarini mustahkamlash bo’yicha o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJga qarashli “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, baxtsiz hodisa tufayli odamning suyagi sinishi yoki shikastlanishda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibi, singan joyga bogʻlamalar qoʻyish usullari mavzusida ko’rgazmali o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Shaxsiy tarkibni jalb qilgan holda jabrlanuvchini holatini o’rganish vizual kuzatuv ostida jarohatlangan va shikastlangan joylarga tibbiy malxam qo’yish, singan joylarga bog’lamlar yoki bandajlar qo’yish usullari amalda ko’rsatib berildi.

Continue Reading →
0

Bo’limma saf tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Ayni damda, “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Bo‘linma shaxsiy tarkibi ishtirokida amaliy va nazariy o‘quv mashg’ulotlarni o‘tkazish jadvali”ga muvofiq, zahira bo’limma shaxsiy tarkibini saf tayyorgarligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish va shu bilan birga harakatlanish texnikasini to’g’ri bajarilishiga e’tibor qaratgan holda komandir (boshliq) tomonidan berilgan komandalarni to‘g’ri va aniq bajarishga erishish maqsadida saf tayyorgarligi boʻyicha nazorat oʻquv mashgʻuloti o’tkazildi.
Bo‘limma shaxsiy tarkib bilan o’tkazilgan ushbu nazorat mashqida, bo’limmaning saflanishi, safdan chiqish va safga ...

Continue Reading →
0

Shaxsiy tarkib jismoniy tayyorgarlik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.

Posted by:

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi kun tartibiga muvofiq, shaxsiy tarkib jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, qayd etilgan me’yoriy ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.
Jismoniy mashqlarni badanni chiniqtiruvchi kompleks mashqlari bilan boshlab, asosiy qismda 100 va 1000 metrga tezlikda yugurish, qo‘lga tayangan holda turnik (gimnastik moslamasi)da tortilish mashqlari bajarildi.

Continue Reading →
0
Page 7 of 32 «...56789...»